Bolalar

Seni sog’indim

Qanday sensiz ma’nosiz kunim,
Qanday achinarli ahvolim.
Qanday shavqatsiz ekan mening taqdirim,
Nega aytgin jonim.

Sen bilib turib shoshma deysan,
Aytgin kutaman yorim qancha.
Vadalaring bilan aldaysan,
Meni sen hali necha marta.

Kela olmaysan negadir sen, yagona shartga,
Bitta kunni sen o’zing tanla, kecha, bugun, erta, qachon.

Jonginam, seni sog’indim, seni sog’indim,
Asalim sog’indim, go’zalim sog’indim.
Kecha uhlamadim, bugun uhlamayman,
Men aniq bilaman, men seni sevaman.
Jonginam, seni sog’indim, seni sog’indim,
Asalim sog’indim, go’zalim sog’indim.
Kecha uhlamadim, bugun uhlamayman,
Men aniq bilaman, men seni sevaman.

Mendagi qaysi xislat, yoqmadi jonim,
Senga o’zi yorim kim kerak, yetmadi aqlim.
Axir qachonlardir tinch edi, sevmasdan yurak,
Endi esa qalbimni o’rtaydi, faqatgina bir istak.

Kela olmaysan negadir sen yagona shartga,
Bitta kunni sen o’zing tanla, kecha, bugun, erta, qachon.

Jonginam, seni sog’indim, seni sog’indim,
Asalim sog’indim, go’zalim sog’indim.
Kecha uhlamadim, bugun uhlamayman,
Men aniq bilaman, men seni sevaman.
Jonginam, seni sog’indim, seni sog’indim,
Asalim sog’indim, go’zalim sog’indim.
Kecha uhlamadim, bugun uhlamayman,
Men aniq bilaman, men seni sevaman, jonginam.

--------------------------------------------------------------------------------------------
Sen meni jonim

Qanday men ishontirsam senga bo''lgan sevgimni, Qanday men isbotlasam senga sodiqligimni. Qanday so’zlarni topsan, qanday ko''nglingni olsam,
Bo’lma buncha bag''ri tosh, yurak berolmas bardosh.

Sen bilgin sevish kerak faqat bir bor,
Qilmagin jonim meni buchalar zor.

Sen meni jonim, sen meni yorim.
Sen meni birinchi, asl bahorim.
Sen meni jonim, sen meni yorim.
Sen meni birinchi, asl bahorim.

Yana nimalar qilsam, yetmoq uchun vaslingga.
Tayyorman hammasiga qay shartlaring bor menga.
Bu dunyoda faqat sen va faqat seni sevging,
Kerakdir jonim menga, zarur yuragimga.

Sen bilgin sevish kerak faqat bir bor,
Qilmagin jonim meni buchalar zor.

Sen meni jonim, sen meni yorim.
Sen meni birinchi, asl bahorim.
Sen meni jonim, sen meni yorim.
Sen meni birinchi, asl bahorim.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Bo''ldi hato

Erishib bo’lmaydigan baxtga, orzuga,
Yetisholmay qiynalar qalbing, yuraging.
Ishonib bo’lmaydigan sendak bir qizga,
Qanday men yoliqdim hafaman taqdirdan.
Ahir bor ediku, yo’q emasdiku,
Meni chindan sevgan o’zga bir qizaloq.
O’z-o’zimga savol, o’z-o’zimdan javob,
Qidirarman najot, istayman endi man.

Bo’ldi hato, katta hato,
Yo’qdir davo, dardimga davo.
Ana endi bilmasam edi, men seni hozir,
Mendan baxtliroq inson bo’lmasdi.
Ayirding meni, judo qilding borimdan,
Qanday seni sevdim hafaman o’zimdan.
Yolg''izlik qiynaydi, hech kim yo’qlamaydi,
Hatto eslab, do’sting ham qilmas qo’ng''iroq.
O’z-o’zingga savol, o’z-o’zindan javob,
Qidararsan najot, istaysan izlaysan.

Bo’ldi hato, katta hato
Yoqdir davo, dardimga davo
--------------------------------------------------------------------------------------------
Oyijon

Oyijon, urushmang, meni sozlarimni siz tinglang,
Eshiting o''g''lingiz dardin,
Men uchun dunyoda albatta sizdan yaqinroq inson yo’q,
Lekin bir qizcha...

U judayam yosh oyijon,
Yoshlarcha bebosh u oyijon.
Qoshi qalam qosh oyijon,
Men uni sevaman oyijon.

Bizga bosh bo’ling oyijon,
Rohatim ko’ring siz oyijon.
Fotiha bering oyijon,
Men uni sevaman oyijon.

Ko’rasiz u sizga kelin emas mehribon qizday bo’ladi,
U sizga yoqadi, u qizning nigohi.
Doim menga sizni eslatib turadi,
U sizga o’hshaydi oyijon.

U judayam yosh oyijon,
Yoshlarcha bebosh u oyijon.
Qoshi qalam qosh oyijon,
Men uni sevaman oyijon.

Bizga bosh bo’ling oyijon,
Rohatim ko’ring siz oyijon.
Fotiha bering oyijon,
Men uni sevaman oyijon.
Meni baliqcham

Oh yo’llar, yo’llar, yo’llar siz buncha uzoqsizlar,
Dardimni bilmaysizlar, qachon kelib manzilga,
Uni ko’raman yana yetaman visoliga,
Uni shahlo ko’zlari, sehrli nigohlari yondirar yuragimni.

Yana tonggacha, yana tonggacha,
Meni ko’zlarim to’ymas jonim senga.
Meni mushukcham, meni baliqcham,
Go’zalikda tengi yo’q nozik qushcham.

Yuzta qasr ichidan, mingta soqchi bo’lsa ham,
Seni olib qochaman.
Borsa kelmas tarafdan, yo’llar yo’q sahrolardan,
Seni izlab topaman.
Seni shahlo ko’zlaring, sehrli nigohlaring,
Yondirar yuragimni.

Yana tonggacha, yana tonggacha,
Meni ko’zlarim to’ymas jonim senga.
Meni mushukcham, meni baliqcham,
Go’zallikda tengi yo’q nozik qushcham.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Sen aytarding

Sen aytarding begunohman, sen aytarding beozorman,
Jar solarding sevaman deb, rashq qilaman derding hatto o’zimdan.
Afsus bular yolg’on.

Azob chekdim sog’inishdan, men shoshardim sen tomonga,
Kutmagandim hiyonatingni, lekin ko’rdim seni o’z ko’zim bilan.
Ko’rdim o’zga bilan.

Meni qo’y o’z holimga, o’ylash tegdi jonimga,
Har kunim o’hshar yilga, aytgin menga, aytgin nega.
So’zing farqli ko’nglingdan, tiling farqli dilingdan,
Bu so’zlarni rad etma, sen rad etma.

Befarq qizga aylangansan, senga farqi yo’q kim bilan,
O’tkazarsan tunu-kuningni, ont ichmagin baribir so’zing yolg’on.
Seni so’zing yolg''on.

Meni qo’y o’z holimga, o’ylash tegdi jonimga,
Har kunim o’hshar yilga, aytgin menga, aytgin nega.
So’zing farqli ko’nglingdan, tiling farqli dilingdan,
Bu so’zlarni rad etma, sen rad etma.

Qanday g’ururdan kechish qiyin,
Qanday seni kechirish mushkul.
Qilolardingku kimnidir baxtli, lekin afsus.

Meni qo’y o’z holimga, o’ylash tegdi jonimga,
Har kunim o’hshar yilga, aytgin menga, aytgin nega.
So’zing farqli ko’nglingdan, tiling farqli dilingdan,
Bu so’zlarni rad etma, sen rad etma.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Sen ketgan kundan

Ko''zim yoshlanar sog’inchdan, noiloj ahvolimdan, qiynalar qalbim,
Jonim qanday qiz eding oldin qanday seni sevardim yoqotib aqlim.
Nahot yashayman e’ndi shu taqdirga berib tan,
Seni ko’rolmasdan, sen bilan bo’lmasdan, o’tkazib kunlarim yolg’iz.

Sen ketgan kundan o’sha kundan, o’sha tundan,
Sen ketgan kundan o’zgardi hayot birdan.
Sen hafasan mendan, sen hafasan mendan,
Meni jonginam, jonginam, jonginam meni.

Sen uchunman degan so’zlari qani, qani sof toza sevgi, uning g’ururi,
Ey qizcha, eslatib uni menga o’rtamizda sen turma, meni qiynama.
Ahir biz baxtli edik, kuzatib kech, kutib tong,
Menga yaqin inson, meni sevgan inson faqat udir sen ishon.

Sen ketgan kundan o’sha kundan, o’sha tundan,
Sen ketgan kundan o’zgardi hayot birdan.
Sen hafasan mendan, sen hafasan mendan,
Meni jonginam, jonginam, jonginam meni.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Sog’indim-ku seni

Yana osmonda charaqlar yulduzlar,
Lekin menga kerak emas sensiz ular.
O’sha ko’zlar hamon meni yodimda,
Lekin afsus yo’qdursan yonimda.
Seni eslab ko’zlarimdan oqar yosh,
Endi menga nurin sochmas sira quyosh.
Nega sen meni sevolmading,
Nega sen o’zga yorni tanlading.

Sog’indim-ku seni,
Ozor chekdi jonim meni.
Nima qilay ko’rolmasam,
Ko’rganda ham to’yolmasam.
Sog’indim-ku seni,
Ozor chekdi jonim meni.
Nima qilay ko’rolmasam,
Ko’rganda ham to’yolmasam.

O’tsin kunlar, uning ortidan yillar,
Lekin sevgim senga doim sodiq qolar.
Unutsang ham jonginam sen meni,
Unutmayman hech qachon men seni.
Seni eslab ko’zlarimdan oqar yosh,
Endi menga nurin sochmas sira quyosh.
Nega sen meni sevolmading,
Nega sen o’zga yorni tanlading.

Sog’indim-ku seni,
Ozor chekdi jonim meni.
Nima qilay ko’rolmasam,
Ko’rganda ham to’yolmasam.
Sog’indim-ku seni,
Ozor chekdi jonim meni.
Nima qilay ko’rolmasam,
Ko’rganda ham to’yolmasam.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Nega men sensiz

Nega men sensiz, nega sevginsiz,
Nega men sensiz, nega men sensiz.

O’tib ketar ekan baxtli kunlar ko’z ochib yumguncha,
E’slamas ekan seni eng yaqin insoning bir zumga.
Yoqmaydi kun, yoqmas tun bilmayman men nega,
Hatto yomg’ir ham yig’laydi bizga,
Tushunganday gohi meni holimga.

Nega men sensiz, nega sevginsiz,
Nega men sensiz, nega sevginsiz.
Nega men sensiz, nega sevginsiz,
Nega men sensiz, nega sevginsiz.

Osmoningda seni charaqlaydi, qo’llaydi yulduzlar,
Meni esa osmonimni egallaganday bulutlar.
Yog’ayotgan yomg’ir qorga aylanar birdan,
Nahotki voz kechding sen mendan,
Yaralganmu seni yuragin muzdan.

Nega men sensiz, nega sevginsiz,
Nega men sensiz, nega sevginsiz.
Nega men sensiz, nega sevginsiz,
Nega men sensiz, nega sevginsiz.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Eski shahar

Eski shaharda men yasharman,
Yoshlar uchun men kuylarman,
Meni vatanimsan, meni hayotimsan, eski shahar.
Eski shahar meni maktabim,
Eski shahar birinchi sevgim,
Qayerda bo’lmasam, men baribir qaytaman men eski shahar.

Eski shaharda o’sganman jonim,
Yosh bo’lib o’ynaganman jonim,
Onalarga otalarga rahmat,
Eski shahar hayotli maktab.
Eski shaharda o’sganman jonim,
Yosh bo’lib o’ynaganman jonim,
Onalarga otalarga rahmat,
Eski shahar hayotli maktab.

Eski shahar chiroyli qizlar,
Eski shahar yaxshi bolalar,
Meni vatanimsan meni hayotimsan, eski shahar.
Eski shahar mening maktabim,
Eski shahar birinchi sevgim,
Qayerda bo’lmasam, men baribir qaytaman men eski shahar.

Eski shaharda o’sganman jonim,
Yosh bo’lib o’ynaganman jonim,
Onalarga otalarga rahmat,
Eski shahar hayotli maktab.
Eski shaharda o’sganman jonim,
Yosh bo’lib o’ynaganman jonim,
Onalarga otalarga rahmat,
Eski shahar hayotli maktab.
--------------------------------------------------------------------------------------------

Malika

Tasodifan yoki bilmayman qanday qilib kirding meni tushimga,
O malika dong’ing seni ketgan yetmish yetti mamlakatga.
Necha-necha shahzodalar nobud bo’ldi ishqingda,
Men ham keldim shu qatorda sharting bajo aylashga.

O malika, o malika, o malika,
Jonimni beraman men senga.
O mali-malika, o mali-malika,
O mali-malika, malikam meni.

Yubording sen meni borsa qaytmas tarafga,
O malika kutsang bo’ldi men qaytarman albatta.
Podishohning yarim mulkli menga kerak emas aslo, aslo,
Faqat bersin u qizini men olib ketayin uyimga.

O malika, o malika, o malika,
Jonimni beraman men senga.
O mali-malika, o mali-malika,
O mali-malika, malikam meni.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Kerak emas

Chiroy ato etibdi xudo senga jonim,
Lekin ayol qalbin bermagan ekan senga.
Bilar edingku bergan edim senga borim,
Ne uchun seni ko’rmay ketarman u dunyoga.

Kerak emas shahlo ko’zlaring,
Kerak emas sunbul sochlaring.
Qalbim uchun kifoya,
Sening shirin so’zlaring.

Ne qilayin endi xudo peshonam sho’r ekan,
Yaratgan ekansan inson emas qog’irchoq,
Ne qilayin endi ashulam menga ovinchoq.

Kerak emas shahlo ko’zlaring,
Kerak emas sunbul sochlaring.
Qalbim uchun kifoya,
Sening shirin so’zlaring.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Yoshligimda

Yoshligimda seni juda yomon ko’rardim,
Yonimda o’tirsang sochingdan tortardim.
Esingdamu shu ishlar jonim,
Hali esingdan chiqmagandir.

Ko’zingdan yoshlar tomchilab oqardi,
Meni esa senga rahmim kelmasdi.
Kechir meni, kechir qizaloq,
Yoshligimda edim men sho’xroq.

Yoshlikdagi injiqroq, shiringina qizaloq,
Seni boshqa hafa qilmayman.

Yillar o’tib katta bo’ldik biz ham bir muncha,
O’zgardik ko’zimni ochib yumgunimcha.
Yosh oqmasdi seni kozingdan,
Tortolmasdim seni sochingdan.

Yoshlikdagi injiqroq, shiringina qizaloq,
Seni boshqa hafa qilmamayman.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Faqat isming

Ko''chada men yursam, ko''zimga yomg''ir tomar,
Ko''zimni men yumsam, hayolga vasling kelar.
Meni jonim qaylardasan bergin sado,
Vafodorim seni izlab bo’ldim ado.
Faqat isming, yangrar aqlimda,
Go’zal husning, ko’zim oldida.
Har bir inson, haqli sevishga,
Inson haqlidir jonim baxtli bo’lishga.

Hayr, deding kulib, uchrashmaymiz biz endi,
Deb ketding mendan qayrilib.
Qoldim ko’zlarim tikib, achinmading menga,
Holim o’ylamading meni, jonim qaylardasan menga aytgin.

Faqat isming, yangrar aqlimda,
Go’zal husning, ko’zim oldida.
Har bir inson, haqli sevishga,
Inson haqlidir jonim baxtli bo’lishga
--------------------------------------------------------------------------------------------
Butun oqshom

Butun oqshom, ko’zim uzolmay nigohingiz izlayman,
Qilaman orzu, balki bu tushdir, balki bu ertak.
Tinchlik bermas, nozlaringiz,
Hech kim berolmas, yurakka buyruq.

Bugun siz dardim, bugun siz baxtim.

Honim qo’lingiz bering, qulingiz hursand qiling,
Sizni raqsga bir bor taklif etsam.
Honim rad etmang meni, ayting siz ismingizni,
Sizni ko’rgandan beri yurak ezildi.

Nozik qo’llar, yelkamda meni, nafasingiz mast qilar meni,
Shirin sharobdan, asal sharbatdan ham,
Qandayin bu baxt bilsangiz buni,
Qomatingiz oldi aqllimni.

Bugun siz dardim, bugun siz baxtim.

Honim qo’lingiz bering, qulingiz hursand qiling,
Sizni raqsga bir bor taklif etsam.
Honim rad etmang meni, ayting siz ismingizni,
Sizni ko’rgandan beri yurak ezildi.

Honim bering qo’lingizni, hursand qiling qolingizni,
Sizni bir bor raqsga men taklif etsam.
Jonim ayting ismingizni, yurak yondi ko’rib sizni,
Ruxsat eting qo’lingizdan bir bora o’psam.
--------------------------------------------------------------------------------------------
Nega sen ket deding

Birdan shamol keltirdi seni nafasingni men tomonga,
Eslatdi u seni menga, jonginam endi men borolmayman yoninga.
Sen esa kelmaysan endi, kimga og’ir bu ishdan faqat ikkimizga,
Kimni ishi bor ekan, bizni sevgimmiz bilan.

Nega sen ket, deding, nega men qolmadim,
Nega sevmayman, desam, nega bunga ishonding.
Yoshlar to’la ko’zimga ishonmasdan hal etding,
Bizni hayotni jonginam.

Sen bilgin, sen bo’la olarding men uchun eng aziz, eng yaqin inson,
Lekin sevgi bizga qo’ygan shartlaridan biz o’tmadik oson.
Shunchaki arzimas hato uchun to’laymiz biz bir umr,
Sen ko’z yoshlaring bilan, men esa bilmayman.

Nega sen ket, deding, nega men qolmadim,
Nega sevmayman, desam, nega bunga ishonding.
Yoshlar to’la ko’zimga ishonmasdan hal etding,

Bosh sahifa

Fotosuratlar

Intervyu

"Tarona taqdimoti"

“Yulduzlar reytingi”

Sevimli internet manzillar

Qisqa savollarga, lo'nda javonlar

Kim qachon tavallud topgan?

Qo'shiqlar matni

Nega rus tilida so'zlashasiz?

ХоÑтинг от uCoz