УSetoraФ guruhi aТzosi Malika Shermuhammedova guruhni nega tark etdi?
2005-yilning 26-27 noyabr kunlari Xalqlar DoТstligi saroyida УSetoraФ guruhining yangi tarkibi oТzlarining ilk yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etishdi. Hammani lol qoldirgani esa УSetoraФ tarkibida yana oТzgarish yuz bergani.
Aynan mana shu voqeaga oydinlik kiritish maqsadida biz УTarona recordsФga bordik. Studiya direktori Charos OtaxoТjaeva bizni qarshi olib, guruhdagi oТzgarish sabablarini birin-ketin tushuntira boshladi.
УBiz bilamizki, biror bir yakkaxon konsert dasturi konsert berayotgan xonanda yoki guruhdan katta maТsuliyatni talab qiladi. Tabiiyki, xonanda mana shu maТsuliyatni xis qilib, tayyorgarliklarga zoТr berishi lozim. Ishlar ayni avjiga chiqqan payt, xali aktyorlik mahorati boТyicha, xali vokal, raqs boТyicha mashgТulotlarga qatnayotgan bir paytda Malikaning tobi qochib qoldi. Biz oldindan rejalashtirgan kun grafikiga moslasha olmadi. Konsert dasturiga atigi uch kun qolganda, u bizga qoТngТiroq qilib oТzini yomon xis qilayotganligini, shifoxonaga yotishi lozimligini aytib qoldi. Konsertga uch kun qolgan. Tezda bir qarorga kelishimiz lozim edi. Shuning uchun ham tezda Shahzoda BoТtaevani guruhga jalb qildik. Aslida УSetoraФ guruhining yangi tarkibi tuzilayotganida kastingdan toТrt nafar qiz oТtgan edi va biz faqat ulardan uchtasini guruhga qoТshish imkoniyatiga ega edik. Shunda biz Rizvongul, Nilufar hamda Malikalarni tanlab olgandik. Ammo kastingdan oТtgan Shahzodani ham shunchaki qoТyib yuborishga koТzimiz qiymadi. Shahzoda ham УSetoraФ guruhi bilan birgalikda vokal, xoreografiya, raqs, aktyorlik mahorati boТyicha mashgТulotlarga qatnadi. Chunki, biz Shahzoda bilan alohida bir boshqa loyihani amalga oshirishni rejalashtirib qoТygan edik. Xullas, guruhdagi qizlar bilan yaqin tanish, guruhning ishlash sistemasini yaxshi bilar edi. Bundan kelib chiqadiki guruhda ishtirok etishga eng asosiy davogar Shahzoda. Shahzodani studiyaga chaqirib, УSetoraФ guruhi tarkibida faoliyat yuritishni taklif qilganimizda avvaliga hayratlandi. Biz unga Malikaning sogТligi yaxshi emasligini va darhol qaror qabul qilish lozimligini tushuntirdik. U rozi boТldi va oТziga xos УmaktabФni koТrgani uchun uch kun ichida 11ta qoТshiqni qayta kuylab, raqslarni oТzlashtirib oldi.Ф