O'zbek Primadonnasi Yulduz Usmonova 42 yoshni qarshiladi!
12 dekabr kuni O'zbekiston xalq artisti, betakror xonanda Yulduz Usmonovaning tavallud ayyomi bo'lib o'tdi. "Interkontinental" mehmonxonasining qarshisida joylashgan "Buyuk Sarbon" restoraniga soat 17:00dan boshlab birin ketin mehmonlar kirib kela boshladi: Davron Ergashev, Yodgor Sa'diev, Abdumo'min O'tbosarov, Obid Asomov, O'tkir Muhammadjonov, "Xo'ja" guruhi, "Nola" guruhi, G'ulomjon Yoqubov, Mohira Asadova, Rayhon, Shahzoda, Shahnoz, "Setora" guruhi, Hosila Rahimova, Oypopuk Eshonxonova, Shukrullo Isroilov, O'lmas Olloberganov, "Se*Tanho" guruhi, Aziza Niyozmetova va boshqalar. Tug'ilgan kunning asosiy qismi soat 20:00da boshlandi. Kechani ochib berish uchun birinchi bo'lib sahnaga O'zbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diev chiqdi. Kechani olib borishdek ma'suliyatli vazifa ajoyib suhandon Abdumo'min O'tbosarovga ishonib topshirildi. Quyidagi eksklyuziv fotosuratlarni tomosha qilib, tug'ilgan kun haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo'lishingiz mumkin.