Fotima va Zuxra
Yoshlarning sevimli xonandasi Shahzoda “Sarvinoz” va “Sevinch” filmlaridan so’ng yana bir yangi kinokartinada suratga tushdi. Bu filmning nomi siz yaxshi bilgan “Fotima va Zuxra”. Shahzoda unda bosh rolni ijro etgan. Ammo u egizaklarning ikkalasini emas, balki bittasini, ya’ni, Zuxrani talqin etgan. Fotima rolini esa Gulchehra Eshonqulova ijro etdi.
“Fotima va Zuxra” filmi O’lmas Umarbekovning shu nomli asari motivlari asosida suratga olindi. Scenariy mualliflari Bahrom Yoqubov hamda Ulug’bek Zufarov. Postanovkachi rejissor Bahrom Yoqubov. Postanovkachi operator Tal’at Mansurov. Prodyuser Avaz Tojixonov. Muxarrir Mirtohir Mirg’ulomov. Bastakor Ubaydulla Karimov. Filmdagi qo’shiqlar muallifi esa siz yaxshi biladigan Shahnoz.
Kartinada, shuningdek, Ulug’bek Qodirov, Ulug’bek Yunusov, Abdushukur Abdurahmonov (“Fazo” guruhi), Ra’no Zokirova, Ubaydulla Omon, Obid Yunusov, Lutfulla Sa’dullaev, Ilmira Rahimjonova, Samvel Saakov, Azamat Alievlar suratga tushgan. Filmidagi yangiliklardan biri shuki, Shahzoda Shohruh repper bilan birgalikda o’zi uchun yangi yo’nalish bo’lmish rep uslubida qo’shiq kuylagan. “Fotima va Zuxra”da Shahzodaning “Hayot ayt” nomli qo’shig’i ham jaranglaydi.
“Fotima va Zuxra” ayrim tomoshabinlar kutganidek, melodrama yoki yangi bir sevgi afsonasi emas, balki insonlarning fojiali taqdiridan hikoya qiluvchi filmdir. Kartinani ko’ring va o’zingiz baho bering.
KOMILA tayyorladi.