Jahongir Mirzo

Harbiy majburiyatni otash Vatanning har bir sodiq ogloni uchun ham qarz, ham farz. Yigitlik xizmatini otayotgan har bir yoshning yuragi iftixorga toladi. Vatan himoyasida turish sharaf. Akangiz yoki ukangiz harbiy hizmatga ketsa, dostlari, qarindoshlari, qolaversa, mahalla ahli habardor boladi. Ammo Jahongirning harbiy hizmatni otaganidan butun respublikamiz ahli xabordor boldi. Axir u oddiy askar emas, Vodiy sadosi radiosining sevimli boshlovchisi Jahongir Mirzo bilan harbiy xizmat taassurotlari haqida suhbatlashdik.
Chirchiq shahridagi harbiy qismga kirishim bilan armiyadagi tartibni sezdim. Hayajonlandim.
Yigitlarning bilan tezda til topishib oldik, 1-2 kun deganda harbiy tartibga ham konikib qoldik. Ozi oxirgi paytda erinchoqroq bolib qolgandim, ozimni jilovlashga, yahshi askar bolishga harakat qildim. Kamandir, serjant, leytenantlar ishonchini oqlashga urindim. Xizmat moboynida koplab bilmagan malumotlarimga ega boldim. Buning uchun harbiy qism mamuriyatiga oz tashakkurimni bildirib otaman.
Men bilan bolgan yigitlarning kopchiligi juda hazilkash edi. Ayniqsa, Sherzod va Bahtiyor ismli yigitlarning qiliqlari doimo etiborni jalb qilardi. Ular hazilomuz urishib-talashib, oz hatti-harakatlari bilan kayfiyatimizni kotarishardi. Biz, askarlarning sevimli kunimiz yakshanba edi. Shu kunni barchamiz orziqib kutardik. Sababi hammaga ayon. Axir, bu ota-onalar kuni! Yaqinlarimiz xalta tola noz-nematlar bilan bizni korgani kelishardi. Mazza qilib tanavul qilardik. Bu bilan armiyaning ov1ati, yomon, demoqchi emasman. Ammo oilangiz qozonidan suzib olingan, onangiz, singlingiz tayorlagan taomga nima etsin. M-mmm...ah!
Yakshanba kuni kechki payt bir soat vaqt ajratilardi. Shunda uydan olib kelingan qovun-tarvuzlarni kotarib, futbol maydoniga qoyib, Oling-oling deb, bir-birimizni mehmon qilardik. Ayni osha kuni Qorin toydi, gam yoqoldi deganidek, eski erinchoqligim tuta boshladi. Lekin harbiy hizmat qonunlari bor, askar unga boysunishi kerak. Barcha qatori men ham qonun-qoidalarga boysundim.
Armiyada jonajon radiomni, oz kursimni, tinglovchilarimning shirin suhbatini juda-juda sogindim. Xuddi osha payt FM tolqinlaridan Vodiy sadosini topolmay xunob bolganimchi... Butun respublikamiz boylab ovozi yangraydigan radioimiz Chirchiq shahrida nega yangramayapti? deb siqildim. Darrov Nurmuhammad Isroilovga qongiroq qildim. Ular meni tinchlantirdilar. Bilsam, radiomiz qishda hech qanday muommolarga uchramasligi uchun tamirlash ishlarini olib borishayotgan ekan. Sal konglim tinchigandek boldi. Kopchilikni qiziqtiradigan, ozimni sal xafa qiladigan gap: u erda meni hech kim tanimadi. Sochlarim, soqollarim olingan imijim ozgargan edi-da! Togri-si, hech kimga ozimni tanitmaslikni oylab ham qoygandim...
bir kuni leytenant Dilmurod Jumaboevning Ijtimoiy-siyosiy tayorgarlik darsida otirgandik. Nima boldi-yu, Dilmirod akani chaqirib qolishdi. Uning orniga darsni men olib borishimni aytishdi. Men kitobni qolga olib, darsni davom ettirdim. Dars tugashi bilan, meni savolga komib tashlashdi. Ovozingni qaerdadir eshitganmiz, ozing ham tanish korinyapsan deyishadi nuqul. Xullas, radio, TV da faoliyat yuritishimni aytishga togri keladi.
TV-Markaz xodimlari kirib kelganida ham Ijtimoiy-siyosiy tayorgarlik darsida edim. Ularning kelishini kutmagandim. Men uchun qadrli bolgan inson TV-Markaz muharriri, jurnalist Nazira Inoyatova, meni Chichiq shahridan ham topib oldilar. Xit-parad dasturi harbiy qismda olinganidan men juda ham hursandman. Sababi, korsatuv uchun yangilik boldi. Yani, jinsi, futbolka, ajabtovur soch turmaklari emas, soch-soqolsiz, haqiqiy askar kiyimida korsatuvni olib borish boshqacha korinadi-ku, togrimi? Etibor bergan bolsangiz, korsatuvda ham maxsus erda, maxsus formada, mahsus korsatuv uchun deya takidlab qoyganman.
Orni kelganda aytib otsam, korsatuvimizda muxlislardan faqatgina SMS orqali kelgan ovozlar qabul qilinadi. Dasturimda hech qanday tanish-bilishchilik ketmaydi. Hammasi haqqoniy.
TV-Markaz kanalida Ozbegim taronasi radiosi boshlovchisi Roksana bilan birga Yulduzli payshanba korsatuvini birgalikda olib boryapmiz. Unda mashhur yulduzlar honadoniga tashrif buyurib, muxlislarni qiziqtirgan barcha savollarga javob olish maqsadida, yulduzlarning ijodi, oilasi, hobbisi va boshqa taraflari haqida batafsil yoritib berishga harakat qilamiz.
TV-Markaz kanali ochilishidan avval men barcha tanlovlardan muvaffaqiyatli otib, ishga qabul qilingandim. Songra singlim Oyxonga ham ushbu tanlovlarda ozini sinab korishini maslahat berdim. Singlim ham tanlovlardan qiyinchiliksiz otib, hozirda Munajimlar bashoratini olib bormoqda.
Vodiy sadosiga keladigan bolsam, bu mening ikkinchi uyim hisoblanadi. Xizmat davomida hamkasblarimni, efirimni juda sogindim va qadriga ham etdim. Ustozlarimga katta rahmatimni aytib otmoqchiman. Hech qachon oz maslahatlarini ayamasdan doimo togri yol korsatib, aktyorlik mahoratini menga tanitgan otamga, mehribon onamga, Ilhom teatrining badiy rahbari Mark Vaylga, Feruza Bonuga, Nazira Inoyatovaga, Nurmuhamad Isroilov va Nodir Abduqodirovlarga oz tashakkurimni bildiraman.
24 iyul kunidan boshlab, qadrdon shahrim toshkentdaman. Aziz muhlislarim bilan oshkora (televideniyada) va goyibona (efir orqali) diydorlashish sharafiga muyassar bolganimdan nihoyatda bahtiyorman.
Mening tilaklarim shuki, nafaqat Ozbekiston ahlining, balki butun dunyo ahlining yuzidan quvonch, kozlaridan ishonch arimasin! Barchaga benazir ehtirom ila Jahongir Mirzo.
Ulugzoda tayyorladi.
ulugzoda@mail.ru

Bosh sahifa

Fotosuratlar

Intervyu

Tarona yangiliklari

Yulduzlar reytingi

Kim qachon tavallud topgan?

Yulduzlar galaktikasi



Хостинг от uCoz