bosh sahifaga aylantirish | tanlanganlar qatoriga qo'shish | maktub yoz | mehmonlar daftarchasi | so'rovnoma | shou-biznes chati
Shou-biznes olami Dilfuza Ismoilovaning maxsus saytiOypopuk Eshonxonovaning maxsus saytiGuli Asalxo'jaevaning maxsus saytiSogdiananing maxsus saytiDavron Ergashevning maxsus saytiYulduzlar reytingi
Eng ajoyib yangiliklar faqat siz uchun - "www.shou-biznes.narod.ru"!
Bosh sahifa Star news Yulduzlar reytingi Super hit-parad Fotosuratlar Forum
Intervyu
Yulduzlar galaktikasi
FM-To'lqinlarida
Yulduzlar reytingi natijalari
Yulduzlar
Qo'shiqlar matni
Uzkino
Hayotda nimalar bo'lmaydi!
Shuningdek...

Bosh sahifa/Intervyu
Intervyu

Rayhon

Rayhon: “Meni tushlar ta’qib qilmoqda”


O’zbek estradasining eng chaqnoq yulduzlaridan biri sanalmish Rayhon o’z an’anasiga sodiq qolgan holda bu yil ham romantik bayram – “Sevishganlar kuni” munosabati bilan 12-13-14 fevral kunlari soat 19:00da “Xalqlar do’stligi” saroyida o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Bu yilgi konsert “Yolg’izim” deb nomlanib, avvalgi konsert dasturlaridan mutlaqo farq qiladi.

  

-         Rayhon, nega har yili aynan “Sevishganlar kuni”da konsert dasturingizni taqdim etasiz?

Rayhon: Chunki, ushbu romantik bayram o’zimga ham juda-juda yoqadi. O’zim romantikani xush ko’rganim uchun ham qo’shiqlarimning aksariyati sevgi, muhabbat haqida. Sevgi-muhabbat – bu buyuk tuyg’u!-        

Rayhon: Konsert “Yolg’izim” deb nomlanadi va unda “Yodingdami?...” nomli albomimizdan o’rin oladigan deyarli barcha qo’shiqlar ijro etiladi. Qolaversa, avvalgi albomlarimdagi muxlislarimga manzur bo’lgan qo’shiqlarimni ham ijro etaman. Konsertga juda katta mablag’ sarflanmoqda. Konsertga qurilayotgan dekoratsiya romantik uslubda bezatilyapti. “Misteriya”, “O’zbekiston”, “Belonosochniki” kabi shou-balet guruhlarining ajoyib raqslari hech kimni befarq qoldirmaydi, deb o’ylayman.Rayhon Ishonasizmi, konsertga tayyorgarliklarni avvalgi konsertni o’tkazib bo’lishimiz bilan boshlaganmiz. Bir yil davom etgan tayyorgarliklar mobaynida barcha g’oyalarni amalga oshirishga harakat qildim. Konsertda “Xo’p, mayli”, “Yolg’izim”, “Yodingdami?...”, “Intilib yashayman”, “Aytolmayman”, “Shunday hayot”, “Yodimda bo’lgin”, “Begona” kabi yangi qo’shiqlarimni ijro etaman.

-         “Rayhonning konserti bo’lmas emish” degan mish-mishlarga qanday qaraysiz?

Rayhon: Bu albatta noto’g’ri. Faqatgina mish-mishlar xolos. Xudo xohlasa, konsertimiz albatta bo’ladi.

-         Yangi albomingiz qachon sotuvga chiqadi?

Rayhon: Nasib qilsa, muxlislar konsert bo’layotgan kuni “Yodingdami?...” nomli albomimni xarid qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

-         Yangi albomingizdagi qo’shiqlar qaysi bastakor va shoirlar ijodiga mansub?

Rayhon: She’rlarning aksariyatini Ra’no Yarasheva yozib berdilar. Shuningdek, Shirin G’ofurova hamda Ibrohim Jiyanov yozgan she’rlaridan ham foydalandik. Musiqalarni esa o’zim yozdim.

-         Konsertda mehmon san’atkorlar ham bo’ladimi?

Rayhon: Yo’q, mehmonlar bo’lmaydi.

-         “Yodingdami?...” qo’shig’ingizga ishlangan klipda Samandar Hamroqulov bilan ajoyib rol ijro etgansiz. Konsertda-chi… birgalikda chiqish qilmaysizmi?

Rayhon: Savolingizga savol bilan javob beraman: siz muxlis sifatida buni xohlarmidingiz?

-         Ha, albatta!

Rayhon: Unday bo’lsa, bu taklifingizni o’ylab ko’ramiz.

-         Darvoqe, konsert rejissori kim?

Rayhon: (Bu savolga Rayhonning direktori Aziz javob berdi) Konsert rejissori Rayhonning o’zi. Har yili Rayhon o’zi rejissorlik qilardi-yu, ammo oshkor etishni istamasdi. Mana endi aytaversak ham bo’laveradi, menimcha.

-         Oldingi yil konsert arafasida uyushtirgan suhbatimizda siz tushingizda ham konsert dasturingizni ko’rib chiqayotganingizni aytgandingiz. Qiziq, bu yil ham shunday tushlar ko’ryapsizmi?

Rayhon: Bu yil ham tushunarsiz tushlar ko’ryapman. Konsert dasturim yozgi saroyda bo’layotgan ekan, qarasam, sahnada Tohir Sodiqov kuylayapti. Rosa xafa bo’lib, nega bunday bo’layotganini so’rasam, bu hazil edi, deyishdi. Xullas, tushunarsiz tushlar meni ta’qib qilishda davom etmoqda.

Rayhon

-         Nazarimda, hozir erkak xonandalarga nisbatan ayol xonandalar orasida raqobat kuchaygandek. Sizning bunday raqobatga munosabatingiz qanday?

Rayhon: To’g’ri, so’nggi paytlarda estrada olamida yosh ayol xonandalar soni ko’paygan. Men bu holni mamnuniyat ila qarshilayman. Agarda ular yaxshi ijod qilayotgan bo’lsa, men ularni qo’llab-quvvatlayman. Raqobat har doim bo’lgani yaxshi. Shunda bir oz to’xtalib qolgan xonandalar ham ijod qilishni boshlaydi. Men hech kimni o’zimga raqobatchi, deb bilmayman. Va hech kimga raqobatchi bo’lishga harakat ham qilmayman. Faqat o’z ishim bilan, ijod bilan band bo’laman.

-         Rayhonning duetdoshlari safi qachon kengayadi?

Rayhon: O’tgan 2005 yil mobaynida duet ijro etishga takliflar juda ko’p bo’ldi. Agarda menga ijro etiladigan qo’shiqning so’zi va musiqasi yoqsa, duetdoshim kim bo’lishining farqi yo’q. Uning reytingiga qaramayman.

-         So’nggi kliplaringizni asosan yosh klipmeyker Jasur Shametovga oldiryapsiz. Bundan kelib chiqadiki, uning ijod mahsullari sizni qoniqtiradi?

Rayhin: Jasur juda ham iqtidorli yigit. Uning ishga bo’lgan qarashi, munosbati meniki bilan mos tushganligi bois hamkorlik qilayapmiz. “Hech ayirilma”, “Qayta olmayman”, “Xo’p, mayli”, “Yodingdami?...” kabi qo’shiqlarimga ishlangan kliplar ko’pchilikka manzur bo’lyapti. Jasurda o’ziga xos zamonaviy nigoh bor.

-         Hamkorlikning keyingi mahsuli nima bo’ladi?

Rayhon: Muxlislarim konsertimga tashrif buyurib, yangi qo’shiqlarimni tinglagach, ulardan o’zlariga yoqqanini tanlab, ovoz berishlari mumkin. O’z fikr-mulohazalarini www.rayhon.uz manzilida yozib qoldirishlari lozim. Qaysi qo’shiq g’olib chiqsa, o’shanisiga Jasur Shametov bilan yangi klipni suratga tushiramiz.

Rayhon

-         “TV-Markaz”da namoyish etilgan “Yangi yil parisi” nomli musiqiy filmda ajoyib rol ijro etdingiz. Endi muxlislar sizni haqiqiy badiiy filmda ko’rishni istashmoqda.

Rayhon: “Yangi yil parisi” filmida deyarli rol ijro etgan emasman. U faqatgina yangi yil uchun tayyorlangan musiqiy film edi va boshqa ko’plab san’atkorlar singari men ham kichik bir rolni ijro etdim. Badiiy filmlarga keladigan bo’lsak, takliflar bor. Men esa kutyapman. Yaxshi bir scenariyni uchratsam, barcha ishlarimni bir chetga surib qo’yib, suratga tushardim. Men shunchaki rol o’ynayman. Avvaliga aktyorlik mahoratlari bo’yicha kerakli darslarni olaman. Hozircha men yaxshi professional ijodiy guruhni kutyapman. Hatto yaxshi ijodiy guruh tuzib, film suratga tushirishni o’zimcha o’ylab ham qo’yganman.

-         Shaxsiy hayotda qanday yangiliklar…

Rayhon: Hech qanday…

-         Siz konsert dasturingizda qanday toifadagi muxlislarni ko’rishni istardingiz?

Rayhon: Men konsertimda faol muxlislarni ko’rishni istardim. Ular menga kuch bag’ishlab turishsa deyman. Ana o’shanda mening ham shijoatim oshib, konsertni ajoyib kayfiyatda o’tkazar edik. Men muzlislarimdan shikoyat qilmayman. Ular men uchun juda ham qadrli. O’tgan yili ham muxlislarim meni juda yaxshi kutib olishdi. Bu yilgi konsertimda muxlislarimga katta umid bog’laganman.


Mirtohir Mirg’ulomov suhbatlashdi.

Mazkur intervyudan foydalanilgan holda sayt manzilini va suhbatdosh ismi-sharifini  ko’rsatishni unutmang!

 

>4@>1=55 =0 www.nbu.com -->

SUPER HIT-PARAD
Saytda joylashgan ma'lumotlardan foydalanilgan holda sayt manzilini ko'rsatishni unutmang!
Ijodiy hamkorlarimiz:
 Tasvir gazetasi Tarona records Hamroh radiosi Humo gazetasi Sanam jurnali



Хостинг от uCoz