Samandar: 40 yoshni ham qarshilab qoydim

Bir vaqtning ozida ham aktyorlik, ham xonandalik yonalishida ijod qilayotgan Samandar Hamroqulov ijodida oz fursatli sukut bolgandek goyo. Mana shu oradagi jimlikka nima sabab boldi?

- Hech qanday sukut bolmadi, deb hisoblayman. Songgi paytlarda kopgina viloyat va shaharlarda konsertlar berib qaytdim. Bu vaqt ichida oz imijim va qoshiq kuylash yonalishimni ozgartirdim. Shulardan eng muhimi, matbuot kotibim bolmish Ayler (taxallusi), 6 oy mobaynida Moskva shahrida shou-biznes yonalishi boyicha tahsil olib qaytdi, u yerdagi gazetalarning birini tahririyatida orttirib, yangi bir loyiha bilan qaytib keldi. Bu loyihani shu yilning kuz oylarida muxlislarga taqdim etish niyatidaman.
- Samandarning reytingi tushib ketdi, degan fikrlarga qanday qaraysiz?
- Men bu gapga hech ham qoshilmayman. Ochigi, mana shunday mish-mishlar tarqatadigan bazi gazetalarni yoqtirmayman. Mana shunday mish-mishlar sanatkorning oyogiga bolta urilishiga sababchi bolyapti. Xalq orasida, konsertlarda bizni juda yaxshi kutib olishyapti.
Suhbatga Ayler qoshildi.
- Misol uchun, Buxoro shahrida bolib otgan konsert gastrollarimizda katta sport majmuasi tomoshabinlarga liq toldi. Tomoshabinlar imkon qadar maydonga chopib chiqishga va sevimli xonandalari yoniga chopib kelishga harakat qilishardi. Osha kuni militsiya xodimlari yordami va ijodiy jamoamiz yigitlari bilan bir amallab, Samandarni maydondan olib chiqib ketdik. Mehmonxonaga qaytganimizda u yerga yigilgan odamlarni korib, hayratda qoldik. Ochigi, bu darajadagi munosabatni kutmagandim. Muxlislarga rahmat.
- Suratga tushgan filmlaringiz qatoriga Oydin kechalar ham qoshilibdi. Yaratgan obrazlaringiz haqida nima deya olasiz?
- Chayongul filmidagi Ashur obrazi menga yoqadi. Hatto u salbiy obraz bolsa ham. Umuman har bir ijro etgan rolimning menga yoqadigan jihatlari bor. Muhabbat sinovlari badiiy filmida ziyoli yigit Bobur obrazini talqin etdim. Ochigi, bu obraz menga juda maqul kelgan. Hattoki mana shu filmning 3-qismini olamiz deyishsa, yoq demasdim. Bilmadim, xalqqa yoqadimi, yoqmi? Taqdir filmida Otabek Madrahimov bilan dostlar rolini ijro etganmiz. U yerdagi qahramonimning ismi Jamshid edi. Bir-ikki epizodlarda ishtirok etganman, xolos. Kichik rol bolgani sababli ham qiyinchiliklar deyarli bolmagan. Bu filmni ijodkorlari hamda homiylariga katta hurmat bilan qarayman. Chunki, ular aktyorlarni oz rolini yaxshi ijro etib berishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Muhabbatimsan filmini suratga olish jarayonida boshqa filmlardagidan farqli ravishda qiyinchiliklar koproq boldi. Bir oy Xorazmda bolishimizga togri keldi. Hatto Xorazm shevasida sozlashishni ham organib oldim. Bu filmda ham talaba yigit obrazini talqin etish zimmamga yuklatilgan edi. Ular qoygan talabni baholi-qudrat bajarishga harakat qildim. Oydin kechalar filmiga otsak, bu filmning scenariysi menga yoqdi. Shu paytga qadar qolimga olgan scenariylar ichida koproq menga yoqqani ham shu boldi. Sevgi-muhabbat bobidagi qiyinchiliklar ushbu scenariydan orin olgan. Ozim boshimdan otkazgan voqealar ham bilib yozilgandek tuyuldi menga. Bu filmda men bilan birga Lola ham rol ijro etyapti. Sevinch badiiy filmini korganimda menda Lolaga nisbatan mehr-muhabbat uygongan edi. Filmdagi uning ijrosi menga juda ham yoqqandi. Ijodiy guruhning barcha ijodkorlari Lolaga tan berdi. Qizigi, u aktyorlik boyicha saboq olmagan. Film qahramonlarini 40 yoshlik vaqtiga qadar muhabbat dardi qiynaydi. Meni bu filmda muxlislar qanday qabul qilishadi, bilmadim. Axir 40 yoshli Samandarni har kuni ham korishavermaydi-da. Pardozchilarning mahorati evaziga men 40 yoshni ham qarshilab qoydim. Bu rolimni tomoshabinlar qanday qabul qilishlari meni juda qiziqtiradi.
- AQSHda aktyorlik kurslarini otayotganingizda, Xollivud filmiga rol ijro etishga taklif qilishgan ekan, shu rostmi?
- Bu Xollivud filmi emas. 2004 yilning dekabr oyida AQSHning Florida shtatida videokliplar va qoshiqlar festivali bolib otdi. Festival songgida germaniyalik ijodkor Robert Xeggart ajoyib loyiha ustida ish olib borayotgani va unda ishtirok etishimiz mumkinligini aytib qoldi. Filmni suratga olish ishlari AQSHda: Mayami, Los-Anjeles hamda Xollivudda bolib otadi. Bu film estrada yulduzlari, ularning shou-biznes olamiga kirib kelishi haqida. Suratga olish ishlari esa qish fasliga moljallangan. Loyiha tashkilotchisi Robert Xeggart.
- Demak, bu filmda suratga tushishingiz aniq?
- Filmning foto va video tanlovlari bolib otgan. 240 nafar ishtirokchi ichidan faqatgina 14 kishini tanlab olishlari kerak edi. Ayni vaqtda matbuot kotibimRobert Xeggart studiyasi bilan boglanib, qish oylaridagi safarimiz haqida muzokara yuritmoqda. Film ekran yuzini kormaguncha savolingizga aniq javob bera olmayman (kuladi)!
- Muxlislar orziqib kutayotgan yangi yakkaxon konsert dasturingiz qachon bolib otadi?
- Konsert dasturiga hozirdan tayyorgarlik ketyapti. Aslida bahor oylarida qoymoqchi edik, reja boyicha. Bu konsert avvalgilariga umuman oxshamaydigan yangi yonalishdagi shou dastur boladi. Yangi qoshiqlar, kliplar, liboslar tayyorlayapmiz. Konsert oldidan albatta matbuot va radio orqali kasting elonini beramiz. Kasting shartlari va otkaziladugan manzilni shou-biznes.narod.ru sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Bu loyiha juda ham ajoyib tarzda otadi va Ozbekistonda hali hech kim uyushtirmagan shou-dastur boladi.

Mirtohir Mirgulomov suhbatlashdi.

Mazkur intervyudan foydalanilgan holda sayt manzilini va suhbatdosh ismi-sharifini korsatishni unutmang!

Bosh sahifa

Fotosuratlar

Intervyu

Tarona yangiliklari

Yulduzlar reytingi

Sevimli internet manzillar

Qisqa savollarga, lo'nda javoblar

Kim qachon tavallud topgan?

Qo'shiqlar matni

Nega rus tilida so'zlashasiz?

Yulduzlar reytingi natijalari

Yulduzlar galaktikasi

FM-To'lqinlarida

Yulduzlar



Хостинг от uCoz