bosh sahifaga aylantirish | tanlanganlar qatoriga qo'shish | maktub yoz | mehmonlar daftarchasi | so'rovnoma | shou-biznes chati
Shou-biznes olami Dilfuza Ismoilovaning maxsus saytiOypopuk Eshonxonovaning maxsus saytiGuli Asalxo'jaevaning maxsus saytiSogdiananing maxsus saytiDavron Ergashevning maxsus saytiYulduzlar reytingi
Eng ajoyib yangiliklar faqat siz uchun - "www.shou-biznes.narod.ru"!
Bosh sahifa Star news Yulduzlar reytingi Super hit-parad Fotosuratlar Forum
Intervyu
Yulduzlar galaktikasi
FM-To'lqinlarida
Yulduzlar reytingi natijalari
Yulduzlar
Qo'shiqlar matni
Uzkino
Hayotda nimalar bo'lmaydi!
Shuningdek...

Bosh sahifa/Intervyu
Intervyu

Sharof MuqimovSharof Muqimov: “Ko’zga ko’ringan san’atkor bo’lish uchun 20000$ kerak!”


Estradamizning yosh yulduzlaridan biri Sharof Muqimov so’nggi paytlarda juda sermahsul ijod qilmoqda. Uning ijrosidagi bir qator qo’shiqlar hit-paradlarning yuqori pog’onalarini zabt etib kelmoqda. “Jonim, seni… yoxud egizaklar” filmida bosh rolni ijro etgan Sharof yuksak aktyorlik qobiliyatiga ham ega ekanligini yana bir bor barchaga ko’z-ko’z qildi. Xullas, bizning navbatdagi mehmonimiz Sharof Muqimov.

  

-        Sharof, aytingchi siz bizni saytimiz haqida qanday fikrdasiz?

Sh.M:        Bilasizmi, men har haftada sizning saytingizga hech bo’lmasa bir marotaba kirib turmasam bo’lmaydi. Zero, san’atkor hamkasblarimni ijodiga juda ham qiziqaman va ularning eng so’nggi ijodiy yangiliklarini aynan mana shu saytdan o’qib bilib boraman. Muxlislarni o’zbek san’atiga, san’atkorlarga bo’lgan fikrlarini o’qib, ularni nima qiziqtirayotganini ko’rib, o’rganib chiqaman. Menimcha, shunday saytni tashkillashtirish muxlislar uchun katta sovg’a! TV, radio orqali eshitmagan yangiliklarini aynan mana shu sayt orqali bilib olishadi. Saytning yangicha ko’rinishi menga juda ham yoqdi. Sizlarning kelajakdagi ishlaringiz omadlar tilab qolaman. Saytingiz bundanda gullab-yashnayversin.

-        So’nggi yangiliklaringizdan muxlislaringizni voqif qilsangiz?

Sharof Muqimov

Sh.M:        Hammaga ma’lumki yaqindagina ilk audioalbomim sotuvga chiqdi. Hozir men uchun ham quvonchli ham hayajonli onlar davri o’tyapti. Hayajonli deganimning boisi shundaki, muxlislar mening albomimni qanday qabul qilishar ekan, degan fikr-o’y meni tinch qo’ymayapti. Agarda shu albomim orqali muxlislarim auditoriyasini yanada kengaytira olsam juda ham xursand bo’lardim. Shuncha mehnatlarim zoe ketmayotganligini his etardim. Mening hayotimning mazmuni – bu mening muxlislarim! Nasib qilsa, yaqin kunlarda yakkaxon konsert dasturimni taqdim etish niyatidaman. Yakkaxon konsert dasturim umuman o’zgacha bo’lishi uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.

-        Bizning saytimizga kelayotgan maktublarning aksarida yosh yigit va qizlar xonanda bo’lish istagida ekanliklarini ma’lum qilganlar va ba’zi maslahatlar ham so’rashgan. Siz nima deb o’ylaysiz, san’at yo’liga kirish istagida bo’lgan yosh iste’dodlarning ko’zga ko’rinib olishlariga tahminan qancha mablag’ kerak bo’ladi?

Sh.M:        Agarda u san’at yo’liga kirishga tayyor bo’lib, san’atning barcha sir-asrorlaridan xabardor bo’lsa, ko’zga ko’rinib olish uchun 20000$ kerak bo’ladi. Agarda san’atni mukammal darajada tushunmasa, san’at sirlaridan xabardor bo’lmasa, unga 50000$ ham kam.

-        San’at sirlari, deganda nimani nazarda tutyapsiz?

Sh.M:        Sahnada o’zini yaxshi tuta bilishi, ya’ni sahna xatti-harakatlari; o’ziga tashqi tomonlama qarash, ya’ni uning imiji, tashqi go’zalligi, sahnaga chiqqan inson tomoshabinni barcha taraflama o’ziga qarata olishi kerak; ovoz ustida ishlash, ya’ni vokal darslariga qatnash; biror bir musiqa asbobini chala bilishi kerak. Aktyorlik mahoratiga ham yetarlicha ega bo’lishi, san’atning sirlarining yana bir turiga kiradi.

-        Bunday mashaqqatli yo’lni bosib o’tishning o’zi emas, menimcha…

Sharof Muqimov

Sh.M:        Albatta, bunday mashaqqatli yo’lni hamma ham bosib o’ta olmaydi. Bunday qiyinchiliklarni faqatgina san’atga bor mehrini bergan, san’at bilan tirik bo’gan insonlargina yengib o’ta oladi. Haqiqiy iste’dod juda ham kam insonlarga beriladi, xudo tomonidan. Hozir afsuski, ko’pchilik yoshlar TV orqali san’atkorlarni ko’rib, ularni turmush tarzini, uyini ko’rib, “agarda men ham qo’shiq aytsam, ertaga shunday boy, mashhur bo’lib ketaman” deb o’ylaydi. Yoshlarimizning ongiga shunday fikrlar o’rnashib qolgan. Bunday fikrlash noto’g’ri. Mana masalan yaqinda san’at sohasidan umuman yiroq bo’lgan bir yigit mening uyimga 4000$ pul ko’tarib keldi va “aka, mana shuncha vaqt ichida bu pullarni yig’dim. Eshitishimcha, bu soha orqasidan mo’maygina daromad ishlasa bo’lar ekan” dedi. Men esa unga yaxshi maslahatlar berdim: “Qo’y, undan ko’ra boshqa sohada ishlab ko’r. San’at yo’liga kirishing uchun avval san’at sirlarini o’rganishing, ustoz san’atkorlarga shogird tushishing kerak. Keyin kattaroq mablag’ to’plab, ijodno boshlasang bo’ladi. Hozir bu puling hech narsaga yetmaydi”. U bola o’ylanib qolib, oldimdan “rahmat”, deb chiqib ketdi-yu, so’ng oradan bir qancha vaqt o’tgach ketma-ket uchta klip chiqardi. Kliplarini oz muddat TV orqali aylantirdi va pul tugagach, ijodni to’xtatib qo’ydi. Xursand bo’lgan bo’lsa, o’zi va yaqinlarigina xursand bo’ldi, xolos. Shuncha yiqqan pulini osmonga sochdi, qo’ydi. Keyin oradan ozgina vaqt o’tib, “sizni gapingizga kirsam bo’lar ekan, attang”, dedi. Bekordan-bekorga ustoz san’atkorimiz Yulduz Usmonova “San’atkorning tishi temirdan bo’lishi kerak. Juda katta sabr-toqatga ega bo’lib, o’z ustida tinimsiz ishlab, juda katta qiyinchiliklarga bardosh bera olishi kerak” deb aytmaganlar. Ahamiyat bersangiz, san’atkorlarimizning aksari kichik bir narsaga ham asabiylashib ketadi. Shinki, san’atkorning bir boshiga 26 million aholi. Mana shuning uchun ham san’atkorlar ba’zan muxlislarga biroz qo’polroq muomala qilib yuborishadi. Shunday paytda muxlislar yulduzlik kasaliga uchrabdi, deb o’ylashlari mumkin. Agarda shaxsan mendan qaysidir muxlisim ozgina bo’lsada ranjigan bo’lsa, sizning saytingiz orqali uzr so’rayman. Xaqiqiy muxlis o’z sevimli xonandasini har doim kechiradi.

Sharof Muqimov

-        Sharof Muqimov nega hanuzgacha bo’ydoq?

Sh.M:        Yaxshi qiz topilmayapti.

-        Demak, qizlarga tanlov e’lon qilar ekanmizda…

Sh.M:        Qizlarga tanlov e’lon qilamiz. Faqat boshqa sabab yuzasidan. Ya’ni kimda-kim mening navbatdagi kliplarimda suratga tushishni istasa, o’z maktublarini fotosuratlari bilan sizning saytingizga yoki sharof@inbox.ru electron pochtasiga yuborishlari mumkin.

-        Ana endi yangi yil oldi tilaklaringiz…

Sh.M:        Men barcha-barcha yurtdoshlarimizga, musiqashinavandalariga, muxlis va muxlisalarimga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilab qolaman. Kirib kelayotgan 2006 yil barchangizga eng omadli yil bo’lsin!


Mirtohir Mirg’ulomov suhbatlashdi.

Mazkur intervyudan foydalanilgan holda sayt manzilini va suhbatdosh ismi-sharifini  ko’rsatishni unutmang!

 

>4@>1=55 =0 www.nbu.com -->

SUPER HIT-PARAD
Saytda joylashgan ma'lumotlardan foydalanilgan holda sayt manzilini ko'rsatishni unutmang!
Ijodiy hamkorlarimiz:
 Tasvir gazetasi Tarona records Hamroh radiosi Humo gazetasi Sanam jurnali



Хостинг от uCoz