bosh sahifaga aylantirish | tanlanganlar qatoriga qo'shish | maktub yoz | mehmonlar daftarchasi | so'rovnoma | shou-biznes chati
Shou-biznes olami Dilfuza Ismoilovaning maxsus saytiOypopuk Eshonxonovaning maxsus saytiGuli Asalxo'jaevaning maxsus saytiSogdiananing maxsus saytiDavron Ergashevning maxsus saytiYulduzlar reytingi
Eng ajoyib yangiliklar faqat siz uchun!
Bosh sahifa Star news Yulduzlar reytingi Super hit-parad Fotosuratlar Forum
Intervyu
Yulduzlar galaktikasi
FM-To'lqinlarida
Yulduzlar reytingi natijalari
Yulduzlar
Qo'shiqlar matni
Uzkino
Kliplar dunyosi
Exclusive Information
Hayotda nimalar bo'lmaydi!
Shuningdek...

Bosh sahifa/Star news
Star news
YayraYayra - o'zbek estradasining bo'lajak yulduzi!

Shou-biznes olamida kundan kunga yangi nomlar paydo bo'lmoqda. Ammo, ularning orasida Yayra alohida ahamiyatga ega. Yayra ijro etgan "Yayraman", "Hop, derman" hamda "Armon" kabi qo'shiqlar tez orada muxlislar qalbidan chuqur joy egalladi. Ayniqsa "Armon" qo'shig'i unga katta muvaffaqiyat olib keldi, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Ayni kunda Yayra Bobur Umar she'ri, Shukur musiqasi bilan kuylagan "Mayli" deb nomlangan yangi qo'shig'i ustida ish olib bormoqda. Bu qo'shiqqa klip ham suratga tushirilishi rejalashtirilgan.

YasminaYasmina 23 fevral kuni Italiyaga yo'l oladi.

Ko'pchilikka ma'lumki, Yasmina o'zbek shou-biznesi olamiga kirib kelguniga qadar Italiyada bir necha yil istiqomat qilgan. Hatto, ma'lumotlarga qaraganda u Italiya fuqarosi hisoblanar emish. Hullas, 23 fevral kuni Yasmina yana Italiyaga yo'l oladi. Yo'q, havotirlanmang! Xonandamiz u yerga San-Remoda bo'lib o'tadigan festivalda ishtirok etish uchun uchib ketayapti. Bir oylik safarda Yasmina nafaqat festivalda ishtirok etadi, balki Ibrohim Jiyanov so'zi, Pavel Uporov musiqasi bilan kuylagan "Yasmin guli" nomli qo'shig'iga klip ham suratga tushiradi. Ha, aytgancha Yasmina o'z imijini va ijro uslubini bir oz o'zgartirdi. Bularning bariga esa faqat xonandamiz safardan kelgach guvoh bo'lishimiz mumkin.

Masrur UsmonovMasrur Usmonovdan yangi 2 qo'shiqni qarshi oling.

O'zining "Azizam", "Sog'inib-sog'inib" taronalari orqali ko'plab muxlislar orttirgan Masrur Usmonov yana yangi ikki qo'shiq ustida ish olib bormoqda. Ulardan biri Shahnoz so'zi, Shuhrat Zokirov musiqasi bilan kuylanajak sho'x qo'shiq bo'lsa, ikkinchisi Bobur Bobomurod so'zi, Farruh Badalboev musiqasi uyg'unligida dunyoga keladigan ma'yus taronadir. Bu qo'shiqlardan biriga klip ham suratga tushiriladi. Qo'shiqlarni mart oyining o'rtalarida tinglash imkoniyatiga ega bo'lasiz.

SogdianaSogdiana - "Tasanno" festivali g'olibasi!

Yanvar oyining yakunida Toshkent shahrida o'tkazilgan "Tasanno" festivalida Sogdiana ham diplom bilan taqdirlandi. Ma'lumot uchun "Tasanno" festivali xalqaro musiqa tanlovlarida g'olib bo'lib kelgan xonandalarimizni taqdirlash uchun o'tkazilishini aytib o'tishimiz mumkin. Sogdiana 2005 yil boshlarida Bolgariyaning Varna shahrida o'tkazilgan "Discovery" xalqaro pop-musiqasi festivalida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritganligi munosabati bilan diplomni qo'lga kiritdi.

KamilaTanishing yangi nom: Kamila!

Kamila Samarqand shahrida 198... yil 9 mart kuni tavallud topgan. Samarqand musiqa kollejini tamomlagan. Sherzod Madumarov musiqasi, Ibrohim Jiyanov so'zi bilan kuylagan "Baxt yomg'iri" nomli ilk qo'shig'i unga haqiqiy omad keltirdi. Ayni kunda o'zining ikkinchi qo'shig'i bo'lmish "Sensiz kerak emas" taronasiga klip suratga tushirish ishlari bilan band.

Davron ErgashevDavron Ergashev arabcha rep kuylar emish?

Ha, Davron Ergashev muxlislarini hayratga solishda davom etmoqda. Avvaliga "Zakonniy", keyin "Mario", so'ng "Egov-egov" (Klip prem'erasi 1 mart kuni TV-Markazda bo'lib o'tadi). Bular yetmagandek endi Davron Ergashev arabcha rep uslubida qo'shiq yaratar emish. Qiziq, bu qo'shiq qanday chiqar ekan? Har holda yomon chiqmasa kerak. Zero, Davron Ergashev allaqachon muxlislar ko'ngliga qanday yo'l topishni bilib olgan. Ana endi bizning oldimizda birgina vazifa turibdi. Bu ham bo'lsa, sabr qilib, kutishdir.

 Avvalgi yangiliklar: 1

╧юфЁюсэхх эр www.nbu.com -->

Yulduzlar galaktikasi
Saytda joylashgan ma'lumotlardan foydalanilgan holda sayt manzilini ko'rsatishni unutmang!
Ijodiy hamkorlarimiz:
 Tasvir gazetasi Tarona records Hamroh radiosi Humo gazetasi



Хостинг от uCoz