bosh sahifaga aylantirish | tanlanganlar qatoriga qo'shish | maktub yoz | mehmonlar daftarchasi | so'rovnoma | shou-biznes chati
Shou-biznes olami Dilfuza Ismoilovaning maxsus saytiOypopuk Eshonxonovaning maxsus saytiGuli Asalxo'jaevaning maxsus saytiSogdiananing maxsus saytiDavron Ergashevning maxsus saytiYulduzlar reytingi
Eng ajoyib yangiliklar faqat siz uchun - "www.shou-biznes.narod.ru"!
Bosh sahifa Star news Yulduzlar reytingi Super hit-parad Fotosuratlar Forum
Intervyu
Yulduzlar galaktikasi
FM-To'lqinlarida
Yulduzlar reytingi natijalari
Yulduzlar
Qo'shiqlar matni
Uzkino
Hayotda nimalar bo'lmaydi!
Shuningdek...

Bosh sahifa/Intervyu
Intervyu

Tohir SodiqovTohir Sodiqov:

“Hech qachon o’zgarmayman”


O’zbek estradasining eng yorqin yulduzlari, deganda shubhasiz, Tohir Sodiqovni ham ko’z oldimizga keltiramiz. Uni hech ikkilanmay, “mega yulduz” deyishimiz mumkin. Sanoqsiz qo’shiqlarni birin-ketin kuylab, turli kliplar, albomlar, chiqargan, ammo muxlislar qalbini zabt etolmagan xonandalar kammi? Ba’zilarining yuzini eslab qolamiz va kim edi, qaysi qo’shiqni ijro etgan edi, deb o’ylab qolamiz. Ammo oz bo’lsa ham, soz bo’lsin deb, haqiqiy ijodni, muxlislar ishonchini qadrlaydigan xonandalar ham bor. Tohir Sodiqov ana shundaylardan. Har safar uning uyiga yoki studiyasiga qo’ng’iroq qilganimizda u yoki gastrol safariga jo’nab ketgan bo’ladi, yo bo’lmasa biror ijodiy ish bilan band bo’ladi. Ijodkor kishining hayoti shu-da. Va nihoyat... u bizning mehmonimiz.  

 

-         Tohir aka, bolalik – beg’uborlik deyishadi. Bolaligingizdan qanday xotiralar qolgan?

T.S:         El qatori, oddiy o’tgan. Yoshligim boshqalarning yoshligidan ajralib turgan deya olmayman. Men ham barcha bolalar kabi sho’x, quvnoq bo’lganman. Do’stlarim bilan birga futbol, basketbol o’ynardik. Bolaligimni, tez-tez yodga olib turaman.

-         Qo’shiqchi bo’lish o’sha chog’lardanoq ko’nglingizda bo’lgan, shundaymi?

Tohir Sodiqov

T.S:         Ha, yoshlikdan orzu qilganman. Mana xudoga shukur, niyatimga yetdim.

-         “Bolalar” guruhi qanday tashkil topgan?

T.S:         Men Bahodir Po’latov va yana boshqa bir-ikki yigitlar bilan birga maktabimizdagi turli xil tadbirlarda qo’shiqlar kuylab turar edik. Keyinchalik Javohir Zokirov ham bizning maktabga o’tdi va u bizni Ruslan Sharipov bilan tanishtirib qo’ydi. Shundan keyin “Bolalar” guruhini tashkil qilishga qaror qildik. Ruslan Sharipov ancha vaqtgacha guruhimiz badiiy rahbari bo’lib ishladi.    

-         “Bolalar” guruhi bilan bir vaqtda ijodni boshlagan guruhlarning aksariyati tarqab ketdi. Ko’z tegmasin, “Bolalar” guruhi hali hamon mavjud. Buning siri nimada?

T.S:         Siri – ishlashda. Kim qo’shiqni yaxshilab, ko’ngildan chiqarib kuylasa, har doim yutadi. Ko’proq gastrol safarlarida bo’lish kerak. Axir san’atkorlarni xalq ushlab turadi-da. Yangi-yangi qo’shiqlar, sifatli qo’shiqlar kuylash kerak. Keyin san’atkorning yonida har doim professional ijodkorlar bo’lishi kerak. Ba’zida san’atkor qandaydir tushkunlikka tushib qoladi va san’at olamidan chiqib ketishga harakat qiladi. Shunda yonidagilar uni qo’llab-quvvatlab, uni yana ijodga boshlaydi. Ularning daldalari san’atkorlarga kuch bo’ladi. Bizning atrofimizda shunday insonlar bor. Temur aka G’aniyev va Anvar Salohiddinovlarni shunday insonlar qatoriga qo’shsak bo’ladi. Yana san’atkor o’z mavqeini ushlab qolish uchun har joyga suqilishi kerak. Qaysi ma’nodaki, sizni ijodiy imkoniyatlaringizni yanada kengaytirishga hissa qo’shdigan tadbirlarda qatnashish kerak.

-         San’at yo’lidagi to’siqlar, mashaqqatlar, bular siz uchun ortda qoldi. Agarda sizda 15 yil avvalgi hayotga qaytish imkoni bo’lganida...

T.S:         Yana san’at yo’lini tanlardim. Agarda qaytish imkoni bo’lganida, kamroq xato qilishga harakat qilardim. To’g’rirog’i, umuman xato qilmaslikka intilardim. Shuncha yil mobaynida juda ko’plab xatolar qildim. Agarda xato qilmaganimizda hozir xorijda ham taniqli guruh bo’larmidik? Yoshligimizda kalta o’ylaydigan, ishyoqmas bo’lgan ekanmiz. O’shanda bor kuchimiz bilan ijod qilganimizda, bundanda mashhurroq bo’lar edik. Ming afsus, endi kech.

Tohir Sodiqov

-         15 yillik ijodiy faoliyatingizda eng omadli va omadsiz yil?

T.S:         Ijodiy faoliyatimdagi har bir yilni omadli deb bilaman. Mana bu yil ijodimdagi eng omadli yil, deb ajratib ko’rsata olmayman. Har bir yil o’ziga yarasha iz qoldirgan. Har yili yangi albom taqdim etganman. Har yili konsert dasturimni berganman. Omadsiz yil esa... 1993 yil men uchun omadsiz kelgan. Negaki, o’sha yil avtohalokatga uchraganman. Ollohga ming bora shukur, hammasi yaxshi bo’lib ketdi.

-         Ba’zi xonandalar san’at olamiga kirib kelganiga ikki yil ham bo’lmasidan, “Falonchi mening shogirdim”, “Men falonchining ustoziman” deb jar sola boshlaydi. Biroq shu paytga qadar sizning shogirdlaringiz haqida deyarli hech narsa bilmaymiz.

T.S:         San’atga kirib kelganimizga 15 yil bo’ldi. Endi shogirdim bor, desak bo’lar bizga (kuladi). Men “shogirdim bor” desam ham bo’ladi, “yo’q” desam ham bo’ladi. Shogirdlarim deb Ravshan Sobirovni va “Bojalar” guruhini aytishim mumkin. Aslida biz ularga yordam beramiz, xolos. Hammasi ularning o’zidan. San’at haqida tushunchasi yo’q odam kelib “meni shogirdlikka oling” desa, biz ularni shogidlikka ololmaymiz. San’atni yaxshi tushunadigan, iste’dodli yoshlarni shogirdlikka olishimiz mumkin. U har taraflama shogird bo’lishi kerak. Aytganingni qilishi, o’z ustida ishlashi kerak.Yana qaytarib aytaman, biz ularga yordam beramiz, xolos.

-         Shogirdlikka kelgan yosh xonandalar albatta moddiy ta’minlangan bo’lishi kerak. Shundaymi?

T.S:         Albatta, busiz iloji yo’q. Eng avvalo ularning iqtidoriga qarayman, keyin esa mablag’ kerak. Maslahat beradigan bo’lsam, har bir endi boshlayotgan ijodkor, yaxshi studiyada qo’shiq yozdirishi, yaxshi shoirlar va bastakorlar bilan ishlashi kerak. Negaki, ayni kunda qo’shiqchilik san’ati pulga borib taqaladi.     

-         Sizning ustozingiz kim?

T.S:         Mening ustozlarim Ruslan Sharipov va Davron G’oyipovlar.

-         Lola bilan kuylagan qo’shig’ingiz juda tez ommalashib ketdi. Kelajakda yana shunday duetlar kuylashni rejalashtirganmisiz?

T.S:         Hozircha rejada yo’q. Chunki yaxshi she’r va yaxshi musiqa yo’q. Lekin albatta yana duet kuylayman.

-         Xorijiy yulduzlar bilan duet ijro etish niyatingiz yo’qmi?

T.S:         Xorij estradasi yulduzlari bilan bog’lanishga harakat qilyapmiz. Lekin biz hali ularning darajasiga yetmadik, deb o’ylayman. Sevara Nazarxonga gap yo’q, u chet elga juda ko’p chiqyapti. Menimcha, u kuylashi mumkin yoki Yulduz opam xorij yulduzlari bilan duet aytishlari mumkin. Agarda iloji bo’lganida Britni Spirs bilan yoki Jennifer Lopez bilan duet aytardim. Jahon miqyosidagi yulduzlarni O’zbekistonga taklif qilishganidagina ular bilan bog’lanishimiz mumkin. Hozircha bizda etibor sust.Tohir Sodiqov

-         San’atkorning eng katta siri nima?

T.S:         San’atkorning katta siri – bu uning orzusi. Orzuni hammaga aytish kerakmas. Agarda biror ishni rejalashtirib, uni hammaga aytsangizu, u amalga oshmay qolsa, bundan yomoni yo’q. Ham kulguga qolasiz. Avvallari biror yangilik o’ylab topsam, hammaga aytib yurardim va uni kimdir ilib ketardi.

-         Qaysi xonandalarning san’atini qadrlaysiz?

T.S:         Hamma xonandalarning ijodiga hurmat bilan qarayman. Birgina qo’shiq yaratishga qancha kuch, mehnat, mablag’ ketishini yaxshi bilaman. Shuning uchun hamkasblarim ijodini qadrlayman. O’sha honandalar xoh mashhur bo’lsin, xoh san’at olamiga endi qadam qo’yayotgan bo’lsin, bariga birdek munosabatdaman.

-         “Ko’zlaring mayus” filmidan so’ng kinoga takliflar yanada ko’paygandir?

T.S:         Takliflar ko’p. Ochig’ini aytsam, kinoda suratga tushish juda qiyin ekan. Hozircha bunday rejam yo’q.

-         Ko’pchilik Tohir Sodiqovning hayotiy shiorini bilishni istaydi?

T.S:         Olg’a, olg’a va faqat olg’a! Mening shiorim shu.

-         Hayotda orzu, armon, degan tushunchalar ham bor. Ayting-chi, Tohir aka sizning ham armoningiz bormi?

T.S:         Bor. Otam shu kunlarni, mening ozmi-ko’pmi erishgan yutuqlarimni ko’rmaganlari – eng katta armonim.  

-         Hayotingizdagi eng og’ir kunni eslay olasizmi?

T.S:         O'g’il bolada bunday kun bo’lishi kerak emas. Hech qachon tushkunlikka tushishi ham kerak emas. Ishlaringiz yomon bo’lsa ham “hammasi joyida, yaxshi” deyish kerak. Har narsani yengib o’tish kerak. Balki maktab chog’larimizda, futbol o’ynab yutqazib qo’ysak, tushkunlikka tushgandirmiz.

-         Besh yildan keyingi Tohir Sodiqovni qanday tasavvur qilasiz?

T.S:         Besh yildan keyin... (o’ylanib turib), sochlarim oqarib qolsa kerak. Biroq, hech qachon o’zgarmayman. Yuraveramiz... qo’shiq aytib. Bir tarafdan hech kim bilmaydi, ertaga nima bo’lishini. O’zbekistonda san’at jahon darajasiga chiqishi kerak, hozirgidanda yaxshi konsert zallari qurilishi kerak. O’shanda biz ham yosh san’atkorlarga homiylik qilishimiz mumkin. Ularga ko’makdosh bo’lamiz. Qandaydir sport va san’atni birlashtiradigan inshoot qurilar balki. San’at va sport birlashishi, yoshlarimizning sog’lom va go’zal hayot kechirishlariga yana bir turtki bo’ladi. Ularning turli jinoiy guruhlarga qo’shilib qolishidan asraydi.

-         Qo’shiqlarimizga klip suratga oldiramiz, degandingiz. Biroq haligacha yangi klipingizni ko’rmadik?

T.S:         Yaxshi g’oyaviy qo’shiqlar bo’lsa, albatta klip suratga olamiz. Oddiy klip suratga oldirishni istamayman. Basseynlar yoki daraxtlar oldida turib olib qo’shiq aytib, klip suratga oldirishning nima keragi bor? Xorijga chiqqanimizda u yerdagilarga ko’rsatishga arziydiganklip bo’lishi kerak. Qo’shiqlarimizni bemalol, uyalmasdan ularga eshittira olamiz.

Tohir Sodiqov-         O’z shaxsiy studiyangiz “Kelajak rekords” ishlab turganida nima uchun “Tarona rekords”da qo’shiq yozdirasiz?

T.S:         Biz studiyamizda faqat tayyorlanamiz, keyin “Tarona rekords”ga borib yozamiz. Ularni har doim bezovta qilshga uyalamiz. Menga yoqadigan, meni qoniqtira oladigan mutaxassislar “Tarona”da. “Kelajak rekords”da esa barcha ijodiy ishlarni amalga oshiramiz. Shartnomalar ham shu yerda tuziladi.

-         Va nihoyat muxlislaringizga tilaklaringiz?

T.S:         Muxlislarim sog’ bo’lishsin. Bu eng asosiysi. Hamma yaxshi niyatlari ro’yobga chiqsin. Omad hamisha yor bo’lsin!

       

Mirtohir Mirg’ulomov suhbatlashdi.

Mazkur intervyudan foydalanilgan holda sayt manzilini va suhbatdosh ismi-sharifini  ko’rsatishni unutmang!

 

>4@>1=55 =0 www.nbu.com -->

SUPER HIT-PARAD
Saytda joylashgan ma'lumotlardan foydalanilgan holda sayt manzilini ko'rsatishni unutmang!
Ijodiy hamkorlarimiz:
 Tasvir gazetasi Tarona records Hamroh radiosi Humo gazetasi Sanam jurnali



Хостинг от uCoz