- San’atkorning eng katta siri nima?
T.S: San’atkorning katta siri bu uning orzusi. Orzuni hammaga aytish kerakmas. Agarda biror ishni rejalashtirib, uni hammaga aytsangizu, u amalga oshmay qolsa, bundan yomoni yo’q. Ham kulguga qolasiz. Avvallari biror yangilik o’ylab topsam, hammaga aytib yurardim va uni kimdir ilib ketardi.
- Qaysi xonandalarning san’atini qadrlaysiz?
T.S: Hamma xonandalarning ijodiga hurmat bilan qarayman. Birgina qo’shiq yaratishga qancha kuch, mehnat, mablag’ ketishini yaxshi bilaman. Shuning uchun hamkasblarim ijodini qadrlayman. O’sha honandalar xoh mashhur bo’lsin, xoh san’at olamiga endi qadam qo’yayotgan bo’lsin, bariga birdek munosabatdaman.
- “Ko’zlaring mayus” filmidan so’ng kinoga takliflar yanada ko’paygandir?
T.S: Takliflar ko’p. Ochig’ini aytsam, kinoda suratga tushish juda qiyin ekan. Hozircha bunday rejam yo’q.
- Ko’pchilik Tohir Sodiqovning hayotiy shiorini bilishni istaydi?
T.S: Olg’a, olg’a va faqat olg’a! Mening shiorim shu.
- Hayotda orzu, armon, degan tushunchalar ham bor. Ayting-chi, Tohir aka sizning ham armoningiz bormi?
T.S: Bor. Otam shu kunlarni, mening ozmi-ko’pmi erishgan yutuqlarimni ko’rmaganlari eng katta armonim.
- Hayotingizdagi eng og’ir kunni eslay olasizmi?
T.S: O'g’il bolada bunday kun bo’lishi kerak emas. Hech qachon tushkunlikka tushishi ham kerak emas. Ishlaringiz yomon bo’lsa ham “hammasi joyida, yaxshi” deyish kerak. Har narsani yengib o’tish kerak. Balki maktab chog’larimizda, futbol o’ynab yutqazib qo’ysak, tushkunlikka tushgandirmiz.
- Besh yildan keyingi Tohir Sodiqovni qanday tasavvur qilasiz?
T.S: Besh yildan keyin... (o’ylanib turib), sochlarim oqarib qolsa kerak. Biroq, hech qachon o’zgarmayman. Yuraveramiz... qo’shiq aytib. Bir tarafdan hech kim bilmaydi, ertaga nima bo’lishini. O’zbekistonda san’at jahon darajasiga chiqishi kerak, hozirgidanda yaxshi konsert zallari qurilishi kerak. O’shanda biz ham yosh san’atkorlarga homiylik qilishimiz mumkin. Ularga ko’makdosh bo’lamiz. Qandaydir sport va san’atni birlashtiradigan inshoot qurilar balki. San’at va sport birlashishi, yoshlarimizning sog’lom va go’zal hayot kechirishlariga yana bir turtki bo’ladi. Ularning turli jinoiy guruhlarga qo’shilib qolishidan asraydi.
- Qo’shiqlarimizga klip suratga oldiramiz, degandingiz. Biroq haligacha yangi klipingizni ko’rmadik?
T.S: Yaxshi g’oyaviy qo’shiqlar bo’lsa, albatta klip suratga olamiz. Oddiy klip suratga oldirishni istamayman. Basseynlar yoki daraxtlar oldida turib olib qo’shiq aytib, klip suratga oldirishning nima keragi bor? Xorijga chiqqanimizda u yerdagilarga ko’rsatishga arziydiganklip bo’lishi kerak. Qo’shiqlarimizni bemalol, uyalmasdan ularga eshittira olamiz.
- O’z shaxsiy studiyangiz “Kelajak rekords” ishlab turganida nima uchun “Tarona rekords”da qo’shiq yozdirasiz?
T.S: Biz studiyamizda faqat tayyorlanamiz, keyin “Tarona rekords”ga borib yozamiz. Ularni har doim bezovta qilshga uyalamiz. Menga yoqadigan, meni qoniqtira oladigan mutaxassislar “Tarona”da. “Kelajak rekords”da esa barcha ijodiy ishlarni amalga oshiramiz. Shartnomalar ham shu yerda tuziladi.
- Va nihoyat muxlislaringizga tilaklaringiz?
T.S: Muxlislarim sog’ bo’lishsin. Bu eng asosiysi. Hamma yaxshi niyatlari ro’yobga chiqsin. Omad hamisha yor bo’lsin!