GULI ASALXO’JAEVA BILAN INTERVYU

—San’atning nonini eyishning o’zi bo’lmaydi, mana opangiz misolida ham ko’rishingiz mumkin Mavluda Asalxo’jaeva ham bu darajalarga erishgunlaricha qancha mehnat qilganlar, qancha zaqmat kechganlar, shularni ko’ra bila turib, nima uchun san’atni tanladingiz?
— Men hozir yodimga oladigan bo’lsam besh yoshimdan, bog’cha yoshimda “bog’imda gullar chaman, men gullarni sevaman” degan qo’shiq bo’lardi, shunga o’xshash qo’shiqlarni xirgoyi qilib yurardim, maktabga chiqqanimda ham birinchi sinflardanoq turli bayramlarda, ko’rik tanlovlarda ishtirok etib yurardim. Maktabni bitirayotgan kezlarimda ham San’at oliygohiga kiraman, deb niyat qilib yurardim, ammo otam qarshilik qilib ja bo’lmasa sen onangning sohasini davom ettirasan, albatta shifokor bo’lasan deb uqtirardilar.
—Nima uchun opangizga qarshilik qilmaganlaru sizga kelganda qat’iyat bilan yo’q, deb ruxsat berishmagan?
— Chunki otamlarning o’zi katta hofiz bo’lganlar, juda ko’p mumtoz qo’shiqlar yaratganlar, akalarimning bari shu otamning izidan ketgan edi. Qolaversa otam san’atning nonini eyish naqadar qiyin ekanligini bilganlari uchun ham, o’z boshlaridan o’tgani uchun ham menga shu qiyinchiliklarni ravo ko’rmaganmilar deyman. Shunday qilib, Mavluda opamga tibbiyot bilim yurtiga hujjatlarimni topshirishni tayinlashgan, lekin, opam shu san’atga qiziqishimni ko’rib turgani uchun ham meni to’g’ri San’at institutiga olib borganlar, musiqali.drama fakultetiga imtihon topshirib, a’lo baholar bilan o’qishga kirganman. Lekin hech ota-onamni gapini ikki qilmay o’sgan qiz bo’lganim uchun ko’nglim xijil bo’la boshladi, vijdonim qabul qila olmay ochig’i qo’rqib qaytib ketdim. Borsam nima bo’ldi deb so’rashdi, biz esa tibbiyot bilim yurtiga bormagan ham edik, kirolmadim deb aytdim. San’at institutiga kiraman baribir, deb rosa yig’lab-siqtasam ham, ruxsat bermadilar. Keyin meni turmushga uzatishga tushib qoldilar, chunki hech bir er xotiniga qo’shiqchi bo’lishga ruxsat bermaydi deb o’ylab, meni erga berdilar. Baxtim bor ekan, turmush o’rtog’im mana o’zlari hanuzgacha ijodimni, san’atimni qo’llab, doim yonimda bo’lyaptilar, o’zlari ham san’at ixlosmandi bo’lganlari uchun qarshilik qilmadilar. Faqat aytdilar, bu juda qiyin soha, bardoshing, matonating yetsa, qiyinchiliklarni engishga kuching, ko’zing yetsa mayli, deb aytdilar. Mana hozir qaytadan San’at institutiga o’qishga kirdim, uchinchi kursda o’qiyapman, baribir shu qizg’in jarayonlarga boy sohani tanladim.
—Hozir asosan qanday yo’nalishda kuylayapsiz?
—Ham milliyda, ham estrada yo’nalishida.
—Xabarimiz bor, so’nggi paytlar ko’p yerlarga gastrol safarlari uyushtirdingiz, shular haqida ma’lumot bersangiz?
—Ilk gastrol safarim Xitoy mamlakatiga bo’ldi, “Zamin” studiyasi direktori Sa’dulla aka tufayli o’sha yerga borishga muyassar bo’ldim. Birinchi marotaba chet elga chiqayotganim uchun boshida juda hayajonlandim, ozgina qo’rquv xissi ham bor edi, meni qanday kutib olishadi deb, ammo o’zim kutmagandan ham a’lo darajada kutib oldilar.
—U yerda qancha vaqt mobaynida bo’ldingiz va qanday ishlarni amalga oshirdingiz?
—Ikki oy davomida bo’lgan bo’lsam, bir oyi konsert berish bilan o’tdi, shunda “Navo-unsul” kompaniyasi qo’shiqlarimni audio, hamda CD, VCD tarzida chiqarish taklifini kiritdilar, men uni hursand bo’lib qabul etdim. “Ketma-2”, “Kel”, turkcha qo’shig’im “Chiki-chiki”, “Qol yonimda”, uyg’urcha qo’shiqlarimdan “Yo do’st”, “Go’zal yorman”, “Rayhon gul”, “Chimanda gul”, “Onargul”, “Yorim uyg’onsin” va boshqa qo’shiqlarimning biriga klipni u yerda suratga oldik va shu narsani e’tirof etmoqchi edim, ular mening ismimni CD, VCDga ham Guli Asalxonim deb zikr etdilar, shu tariqa Xitoyda shu nom bilan tanilib, ancha muhlislar orttirib keldim.
—Xitoy xalqi sizni, san’atingizni qanday qarshi oldi?
—Xitoy xalqi juda san’atshinavanda ekan, bitta qo’shiqni aytib tugatganingiz zahoti gulduros qarsaklar chalib, qo’llab turar ekanlar. Shunaqa juda yaxshi taasurotlar bilan qaytdim ijodiy safardan, o’zimga nisbatan ham ishonch hosil qildim. Mana endi Turkiyaga ham gastrol safari uyushtirish niyatimiz bor. Bu borada takliflar bo’lmoqda. Yaqinda Xorazmga gastrolga bordik. Qoraqalpog’iston, O’zbekiston xalq artisti Otajon Xudoyshukurovning oltmish yillik xotira kechasiga, yubileyiga el sevgan san’atkorlarimizdan G’ulomjon aka Yoqubov, Iroda Iskandarova, Baxtiyor Sultonovlar bilan birga bordik, “O’zbeknavo” birlashmasi va Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati tashkiloti taklifi bilan. Katta stadionda, gala-konsert bo’ldi. Biz faqat birinchi kunida chiqish qildik, ikkinchi kuniga ham qolinglar deb takliflar bo’ldi, ammo, bu erda qiladigan ishlarimiz, xizmatlarimiz borligi uchun ketishga majbur bo’ldik.
—Hali ham ijodingiz uchun opangiz ya’ni Mavluda Asalxo’jaeva g’amxo’rlik qilyaptilarmi?
—Ha albatta, san’at olamida baribir kimgadir suyanishingiz kerak ekan, bu borada opamlarning she’r tanlashda ham, musiqa tanlashda ham maslahati, g’amxo’rligi juda as qotyapti, ulardan juda minnatdorman, shu san’atda xabarim bo’lmagan narsalarni o’rgatadilar, kamchiliklarimni aytib, to’g’rilashga yordam beradilar. Lekin mana ancha mustaqil bo’layotganimni ko’rib xursand bo’lmoqdalar.
—To’ylarga, xalq xizmatiga ham opangiz Mavluda Asalxo’jaeva bilan birga chiqasizmi?
—Bir xil joylarga opamni to’ylarga, konsertlarga chaqirishsa meni o’zlari bilan birga olib borardilar, mana hozir san’atimdan xabardor bo’lishgach, singlingizni ham olib boring deb ko’p murojaat qilishadi. Bundan tashqari o’zimni ham atay yo’qlab kelib, shu to’ylarga aytib ketishadi. Ko’p hollarda xizmatga Andijon, Namangan va vodiylargacha opamsiz ham chiqib turaman.
—Sizningcha san’atkorlar homiyga muhtojmi? Qaysi vaqtda seziladi homiy kerak bo’layotgani?
—Ha albatta muhtoj. Masalan, konsert dasturini taqdim etayoganda, biror qo’shiq, klipni yaratishda, suratga olishda, televidenie, radioda aylantirishda homiy kerak bo’ladi, hozirgi paytda homiy kerak, deb o’ylayman.
—Sizga kim homiylik qiladi?
—Opamlar va mana turmush o’rtog’im Ravshan aka o’zlari administratorim ham.
—Necha soat davomida jonli ijro eta olasiz?
—Jonli aytishni chegarasi yo’q deb o’ylayman. Necha soat sahnada bo’lsak, shuncha jonli ayta olaman, deb o’ylayman. Chunki men yoshlik paytimdanoq ko’rik tanlovlarda qatnashib, qo’shiqlar aytar edim, bari tabiiyki jonli bo’lgan. Fonogramma degan narsa bo’lmagan, jonli ijro etishga yoshlik vaqtimizdanoq o’rganganmiz. Agar tinglovchilar yana qo’shiq talab qilishsa, sizni jon deb tinglashayotgan bo’lsa zavqingiz kelib, ich-ichingizdan qo’shiq kuylashga ishtiyoq ham quyilib kelaveradi, charchaganingizni ham sezmay qolasiz, shunday paytlar bo’ldi konsertda bir, bir yarim soatlab jonli ijro etdim qo’shiqlarimni.
—Agar homiy, mablag’ bo’lsa baqani ham bulbulga aylantirib yuborish mumkinmi?
—Mumkin, hozirgi vaqtda buning iloji bor, mana ko’rib turibmiz buning uddasidan ham chiqayotganlar ko’p, homiy, mablag’ bo’lsa ovozi yo’q ham yulduz bo’lib ketishi hech gam emas.
—Mana ancha el nazariga tushdingiz, gastrollarga ham chiqyapsiz. Ilk yakkaxon konsertingizni taqdim etishni qachonlarga mo’ljallayapsiz?
—Ko’pchilik so’rashadi qachon konsertingizni taqdim etasiz, deb, lekin ilk yakkaxon konsertimni berishga shoshilmoqchi emasman, chunki konsert berishdan oldin muhlislarimni ishonchini oqlab, muhlislarim sonini anchaga ko’payganiga ko’zim yetgach, keyin qo’yaman. Chunki istamayman chiptani majburlab, biror tashkilotlarga o’tkazib sotdirishni, muqlislarim qo’shiqlarimni yaxshi ko’rib, o’zlari xohlab, istab konsertimga tashrif buyurishlarini istayman. Lekin bu yil juda ko’p xonandalar konsert dasturlarini taqdim etdilar. Biz ham nasib qilgan kun qo’yib qolarmiz.
—Hozir ko’pchilik qo’shiqchilarimizning ijodini kuzatadigan bo’lsak turli xil tillarda, shevalarda qo’shiq kuylayaptilar sizchi qanday tillarda qo’shiq kuylagansiz?
—Men ham tojikcha, turkcha, arabcha, eroncha, uyg’urcha qo’shiqlar kuylaganman, bunaqa qo’shiqlar ko’pincha to’yda so’raladi, ayniqsa turkcha, arabcha qo’shiqlarga talab kuchli bo’ladi, so’raganlarida bilmayman deyish ham bo’lmaydi, davrani qizdirib berish uchun istagan qo’shiqlarini kuylab berishga harakat qilamiz. Arabchada “Labanadi”, turkchada “Chiki-chiki”, “Duduni” “Jayir-jayirni”, “Tek-tek”ni ham aytganman.
—San’at olamida qanday darajalarga erishishni oldingizga maqsad qilib qo’ygansiz?
—Kamida xizmat ko’rsatgan artist bo’lish, (hazil aralash chin ma’noda). Albatta muqlislarimning sonini orttirishni istayman, chiroyli- chiroyli qo’shiqlar, yangiliklar yaratishni istayman.
—Nihol mukofatiga nomzodligingizni qo’yish rejada bormidi?
—Ha, ammo kechga qolibman, biz gastrolda yurganimizda muddat o’tib bo’libdi, mayli endi nasib qilmabdi, Xudo xohlasa kelasi yilga, yanada ko’proq mehnat qilib, yanada muhlislar olqishiga sazovor bo’lib, o’z nomzodligimni qo’yib ko’rarman.
—Qaysi san’atkor bilan duet aytishni istar edingiz?
—Takliflar tushgan masalan Ibroqim Jiyanovdan, shu narsani amalga oshirmoqchi bo’lib, bitta duetbop, yoshlarbop chiroyli qo’shiq tayyorlayotgan edik, keyin gastrolga ketib qoldim, lekin yaqin kunlarda shu narsa amalga oshadi.
—Qaysi san’atkorlarimiz ijodiga havas qilasiz, yaxshi munosabat bildira olasiz?
—Milliy yo’nalishda, xoh estrada yo’nalishida bo’lsin hamma xonandalar, san’atkorlarimizning ijodiga havas qilaman, hammasini yoqtiraman, barining o’z yo’nalishi bor, o’z tanlagan uslubi, ularni bir-biridan ajratib baho bera olmayman.
—Xonanda el nazarida, nigoqida turgan shaxs, sizningcha xonanda sahnada o’zini qanday tutishi kerak?
—Xonanda sahnada turganida o’zini haddan ziyod jiddiy tutsa ham, kam harakatda bo’lsa ham tomoshabinni zeriktirishi mumkin, shuningdek haddan ziyod ko’proq harakat qilib yuborsa o’zi bilmagan holda muhlislariga bachkana ko’rinishi mumkin. Undan keyin kuylayotgan qo’shig’ingiz sho’xroq bo’lsa sahnada harakatsiz uzoq turib qolmaslik kerak, hammasi me’yoriy darajada bo’lgani ma’qul. Yaxshisi o’zi haqidagi fikrlar bilan muhlislari bilan so’zlashishi kerak. Ulardan shu sahnada o’zini tutayotganini qanday qabul qilayotganlari, ular bunga qanday baho berayotganlari haqida qiziqishi kerak va shunga qarab o’zini qanday tuta bilish kerakligini anglab olishi zarur.
—Ko’pchilik muhlislar, san’atshinavandalar sahnada turgan xonandaga havas bilan qaraydilar, biroq qo’shiqchining sahna ortidagi hayoti qandayligi tasavvurlariga ham keltirmaydilar. Xonandaning sahna ortidagi hayoti qanday, buni o’zingizdan misol qilib aytsangiz?
—San’atkorning sahna ortidagi hayoti turli xil bo’ladi. Masalan, men kuni kecha xizmatga borganimda bir muhlisam men bilan muomalada bo’lgach, men haqimdagi fikrini aytdi. “Men sizni kliplaringizda ko’rib juda bir jiddiy, tanti, opasiga ishongan qiz deb o’ylagan edim, lekin mana hozir siz bilan gaplashib o’tirib ochig’i yoqtirib qoldim, san’atkorlar ichida shunaqa oddiygina, kamtarginalari ham bo’lishini bilmagan ekanman”, deydi o’sha ayol. Endi sahna ortidagi hayotimiz oson emas, juda ko’p mehnat talab qiladigan mashaqqatli jarayon, ayniqsa ayol kishilar uchun, chunki ayol baribir ayolda, uyim-joyim, farzandlarim deydi. Bir so’z bilan aytganda sahna ortidagi hayotimiz muhlislar o’ylaganidek oson emas.
—Bir muxlisingiz to’y qilyapti deylik, sizni to’yiga aytishni dilidan ixlos qilib qo’ygan, ammo moddiy imkoniyati siz aytgan xizmat haqqini ko’tarmaydi… Nima qilasiz?
—Bunaqa holatlar bo’lgan, shunday paytlarda arzimagan pul bo’lsa ham mana buni olib qo’ying deganlarida yo’q pulingiz kerak emas, shu to’yingizning kam-ko’stiga ishlating, meni to’yga aytishni dilingizga tuggan ekansiz, boraman albatta, deb xolis xizmat qilganman, qilmoqdaman.
Dilorom Abdullaeva suhbatlashdi

Bosh sahifa

Fotosuratlar

Intervyu

Tarona yangiliklari

“Yulduzlar reytingi”

Sevimli internet manzillar

Qisqa savollarga, lo'nda javoblar

Kim qachon tavallud topgan?

Qo'shiqlar matni

Nega rus tilida so'zlashasiz?

Yulduzlar reytingi natijalari

Yulduzlar galaktikasi

FM-To'lqinlarida

Yulduzlar

Yulduzlar "e-mail"lari

Tahallus ostidagi yulduzlar

SUPER HIT-PARAD

HIT-PARAD+

Star news

Umidli yulduzlar



ХоÑтинг от uCoz